Kecha tunda Toshkentda 14 yanvar munosabati bilan olib chiqilgan harbiy texnikalardan biri yonib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu bilan bog`liq videotasvirlar tarqaldi.
Milliy Gvardiya axborot xizmati rahbari holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha soat 22:20 larda Xalqlar do`stligi san`at saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko`rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning engil zirhli texnikasining salon qismida yong`in yuz bergan. Bunga qisqa tutashuv sabab bo`lgani aytilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, yong`in qisqa vaqtda to`liq bartaraf etilgan. Sodir bo`lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr etkazilmagan.






