AsosiyJamiyat

Buxoroda aviachipta muammosi sud orqali hal etildi

'Buxoroda aviachipta muammosi sud orqali hal etildi'ning rasmi

Kogon tumani Istiqbol MFY da yashovchi fuqaro B.R.Buxoro tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, "Gold avia servis" MChJ ga qarashli avikassadan "Toshkent-Dubay-Narito” yo`nalishi bo`yicha 14 970 000 so`mga aviachipta xarid qilganligini, ammo ma`lum sabablarga ko`ra uchib keta olmaganini hamda aviachipta pulini qaytarishlarini so`rab aviakassa rahbariyatiga ko`p marotaba qilgan murojaatlari asossiz rad etilganidan noroziligini bildirib, amaliy yordam berishni so`ragan.  

Mazkur murojaat joyiga chiqib o`rganildi deya xabar bermoqda O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, "Gold avia servis" MChJ rahbar va ishchi xodimlariga amaldagi qonun-hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay iste`molchining murojaati e`tiborsiz qoldirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritib, iste`molchining huquqlarini sudda himoya qilib sudda yutib chiqadi va sud qaroriga asosan javobgarlar "Gold avia servis" MChJ, “CANAAN-GROUP”MChJ va “Airline and travel management campany” MChJ va Flydubai aviakompaniyasidan fuqaro B.R.ning foydasiga etkazilgan 14 776 653 so`m moddiy zarar, etkazilgan 1 000 000 so`m miqdordagi ma`naviy zarar va pochta xarajati uchun 17 150 so`m jami 15 793 803 so`m undirib berishga erishildi.

    Boshqa yangiliklar