Xorazm viloyatida savdo do`konida qalbaki aksiz marka bilan elimlangan alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urganch shahar, Hazorasp va Xonqa tumanlaridagi 4 ta alkogol mahsuloti bilan savdo qiluvchi do`konlarda jami 11 808 dona alkogol mahsulotlaridagi aksiz markalari “Davlat belgisi” DUK bosma fabrikasida ishlab chiqarilmaganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






