JSST vakilining so`zlariga ko`ra, dunyoda koronavirusning yangi shtammlari hali paydo bo`lishda davom etadi va sog`liqni saqlash tizimiga bosim hali ko`p seziladi.
"Pandemiyaning tugashi "uzoq emas", ammo qiyinchiliklar hech bo`lmaganda bahorgacha saqlanib qoladi",-deydi Devid Nabarro, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining koronavirus bo`yicha maxsus vakili.
"Biz marafondan o`tmoqdamiz, deb qo`rqaman, lekin hozircha oxiriga etdik deb ayta olmaymiz",- deydi u.
Mutaxassislarning tahminlariga ko`ra, og`ir koronavirus holati yana uch oy davom etishi mumkin. Biroq, pandemiyaga barham berish yo`lida to`siqlar hali ko`p bo`ladi.
Ma`lumot uchun, nafaqat dunyoda, balki O`zbekistonda ham koronavirus bilan bog`liq vaziyat jiddiylashmoqda. Kecha 600 nafardan ortiq kishida infeksiya aniqlangani haqida yozgandik.






