AsosiySport

AGMK ikki nafar futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

'AGMK ikki nafar futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi'ning rasmi

AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan seleksiya ishlarini jadallik bilan olib bormoqda. Klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o`rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, 2019 yili jamoaga kelgan yarim himoyachi Mirjamol Qosimov bilan o`rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Mirjamol Qosimov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, 2020 yili jamoaga kelgan tajribali futbolchi Sanjar Tursunov bilan o`rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Sanjar Tursunov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

Boshqa yangiliklar