AsosiyJamiyat

Bir marta sarmoya tikib yaxshigina daromad topish: qamashilik fuqaro biogumus tayyorlab sotmoqda

'Bir marta sarmoya tikib yaxshigina daromad topish: qamashilik fuqaro biogumus tayyorlab sotmoqda'ning rasmi

Chimlik yosh tadbirkor O`zbekistonda kambag`allikni qisqartirish maqsadida biogumus orqali aholi xonadonlariga daromad olib kirish sirlarini o`rgatmoqchi.

- Yurtimizda kambag`allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalar o`zini tiklab olishi uchun ko`mak berish haqida ko`p gapirilyapti. Biogumus etishtirish bu borada yaxshi tanlov. Katta xarajat talab qilinmaydi va bir marta sarmoya tikib yaxshigina daromad topish mumkin, - deydi Sobir Irisboev.

Keragi — er, suv, go`ng va chuvalchanglar. Go`ng qishloq sharoitida muammo emas. Zovur yoki quduq suvi etadi. Bino yoki katta dastgoh, qimmat uskunalar shart emas. Uy sharoitida boshlasa ham bo`ladi. Hozir men yashash xonadonimda 3 sotix maydonda biogumus tayyorlash bilan shug`ullanyapman. Tayyor biogumusning  bir kilosini 600 so`mdan sotdim.  

 - Haftada bir marta ag`dariladi va sug`oriladi. Chuvalchang bilan ta`minlash va boqish texnologiyasini o`zimiz o`rgatamiz, - deydi yosh tadbirkor.  

 

    Boshqa yangiliklar