AsosiyJamiyat

Buxoroda ishga tushirilgan issiqlik elektr stansiyasi yagona tarmoqqa quvvat uzatishni boshladi

'Buxoroda ishga tushirilgan issiqlik elektr stansiyasi yagona tarmoqqa quvvat uzatishni boshladi'ning rasmi

Qayd etilishicha, elektr stansiyasi yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, viloyatning 80 foiz iste`molini qoplaydi.

Avvalroq 2021 yil 31 dekabr kuni Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Buxoro tumanida qurilgan, quvvati 270 MVt bo`lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining qurilmasi ishga tushirilgani haqida yozgandik.

Energetika vazirligining ma`lum qilishicha, mazkur elektr stansiya kecha,  11 yanvar kuni soat 16:32 da O`zbekistonning yagona elektr tarmog`iga quvvat uzatishni boshladi.

Ta`kidlanishicha, ushbu stansiya yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, viloyatning 80 foiz iste`molini qoplaydi.

"Qurilmalarning foydali ish koefisienti yuqoriligi hisobiga yiliga 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo`shimcha 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi",-deya ma`lum qilinadi.

Shuningdek, vazirlik ushbu investisiya loyihasi O`zbekiston Prezidentining 2021 yil 4 martdagi PQ-5018-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirilganini qayd etadi.

    Boshqa yangiliklar