AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi — "O`zgidromet"  

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi — "O`zgidromet"   'ning rasmi

Bugun, 12 yanvar kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Buxoro, Navoiy, viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. "O`zgidromet" xabariga ko`ra, tuman ham tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-12° iliqni tashkil tetadi.

Shuningdek, poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-12° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 4-9° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar