Kunlik kasallanishlar soni yana ortdi: kecha yurtimizda qariyb 390 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
2022 yil 9 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200730 (+389) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-18 nafari Andijon viloyatida,
-10 nafari Buxoro viloyatida,
-21 nafari Jizzax viloyatida,
-2 nafari Navoiy viloyatida,
-7 nafari Namangan viloyatida,
-44 nafari Samarqand viloyatida,
-5 nafari Sirdaryo viloyatida,
-1 nafari Surxondaryo viloyatida,
-11 nafari Farg`ona viloyatida,
-25 nafari Xorazm viloyatida,
-51 nafari Toshkent viloyatida,
-193 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 197182 (+109) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1497 nafarni tashkil qildi.
Ma`lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.
"Afsuski, so`nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat`iy rioya qilib, kasallikka qarshi to`liq emlanishlarini so`rab qolamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.






