Olmaotada tartibsizliklarda ishtirok etgan eksrtemistik oqim fosh etildi, deya yozmoqda RIYa Novosti.
Qozog`iston xavfsizlik kuchlari Olmaotadagi tartibsizliklarda ishtirok etgan ikki ekstremistik nuqtani zararsizlantirdi, deb xabar bergan respublika Milliy xavfsizlik qo`mitasi (KNB).
"Olma-Ota shahri hududida 2022 yilning 4-8 yanvar kunlari tartibsizliklarda faol ishtirok etgan ikki eksrtemistik nuqta zararsizlantirildi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Yakshanba kuni ekstremistik guruhning to`rt nafar a`zosi hibsga olingan. Ko`zdan kechirish chog`ida "o`qotar qurollar, travmatik va shovqinli granatalar, patronlar, diniy adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar" topilgan.
Tergov ma`lumotlaridan ayon bo`lishicha, bu shaxs Qozog`istonga davlat organlari va xavfsizlik kuchlariga qarshi ommaviy noqonuniy harakatlar va hujumlar ko`rsatish uchun ataylab keltirilgan. Qo`lga olinganning sheriklari qidirilmoqda.






