AsosiyJamiyat

"Bu nima ahvol, endi maskalilar xalqni uradimi?" Navoiy viloyat IIB holatga rasmiy munosabat bildirdi

'"Bu nima ahvol, endi maskalilar xalqni uradimi?"  Navoiy viloyat IIB holatga rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Viloyatning tuman ichki ishlar bo`limiga  2022 yilning 7 yanvar kuni shu asnodagi xabar kelib tushgan.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2022 yilning 7 yanvar kuni soat 08:00 larda Qiziltepa tumani To`dako`l suv havzasida faoliyat olib boruvchi MChJga tegishli baliqchilik bazasida ushbu MChJda o`zaro shartnomada ko`rsatilgan tartibda, ya`ni qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo`llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar aniqlangan. Shuningdek, To`dako`l suv havzasida baliq ovlash bilan shug`ullanib keluvchi ovchilar o`rtasida o`zaro kelishmovchilik yuzaga kelganligi, ushbu kelishmovchilik nazoratchi inspektorlar ovchilarni ichkariga kirishlari uchun pasport nusxasi talab qilganligi va qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo`llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borganligi ayon bo`lgan. Holat yuzasidan MChJga kelgan baliqchilar norozi bo`lib, ushbu yollanma ishchilarning xizmat faoliyatiga to`sqinlik qilib, jamoat tartibini buzganligi aytiladi.

"Ma`lumot o`rnida ta`kidlash lozim qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo`llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar shartnoma asosidagi yollanma fuqarolar, Ichki ishlar xodimi emas. Ularning egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qaerdan olganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda",-deyiladi IIB xabarida.

Eslatib o`tilishicha, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 209-1-moddasiga ko`ra Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangan.

    Boshqa yangiliklar