AsosiyJamiyat

2021 yilda O`zbekistonda yo`lovchi tashish narxlari o`rtacha 6 foizga oshgan

'2021 yilda O`zbekistonda yo`lovchi tashish narxlari o`rtacha 6 foizga oshgan'ning rasmi

O`zbekistonda yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari bir oyda o`rtacha 0,6 % ga oshgan. Davlat statistika qo`mitasi bu haqdagi ayrim raqamlarga to`xtaldi.

Unga ko`ra, 2021 yilning dekabr oyida yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari 2021 yilning noyabr oyiga nisbatan ya`ni bir oyda o`rtacha 0,6 % ga qimmatlashgan.

Shuningdek, yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari 2021 yil davomida o`rtacha 6,4 % ga oshgani kuzatilgan.

Shaharlararo avtobusda yo`l haqi narxlari esa 2021 yil davomida o`rtacha 9,4 % ga qimmatlashgan.

    Boshqa yangiliklar