O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi "Jizzax haqiqati" gazetasi bo`lim muharriri, ustoz jurnalist Tursunboy Kamolov 74 yoshida vafot etgani haqida xabar berdi.
Tursunboy Kamolov o`z mehnat faoliyati davomida Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy hamda siyosiy hayotida dolzarb, o`qimishli, tahliliy-tanqidiy maqolalari bilan alohida o`rin tutib keldi.
"Shuhrat" medali sohibi Tursunboy Kamolov umrining so`nggigacha Jizzax jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qo`shdi.
darakchi.uz jamoasi ustozning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya bildiradi.






