AsosiyJamiyat

Qo`qon shahar sudi sudyasi avtohalokatga uchradi

'Qo`qon shahar sudi sudyasi avtohalokatga uchradi'ning rasmi

Joriy yilning 3 yanvar kuni soat 09:00 chamasida  Farg`ona shahar Al-Farg`oniy va Temiryo`lchilar ko`chalari kesishgan chorrahada jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudi sudyasi M. U. ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi.  Bu haqda Sudyalar oliy kengashi  matbuot xizmati xabar berdi.

M. U. boshqaruvidagi “Neksiya-2” va yo`l transport hodisasining yana bir ishtirokchisi X. A. boshqaruvidagi “Neksiya-3” avtotransport vositalari shikastlangan.  Ikki tarafdan ham  og`ir bo`lmagan tan jarohati olganlar bor.  

Ayni paytda holat yuzasidan vakolatli organ xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar