AsosiyJamiyat

​​Talaba - o`quvchilar xarid qilingan imtiyozli temir yo`l chiptalarini qayta rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish choralari ko`rilmoqda

'​​Talaba - o`quvchilar xarid qilingan imtiyozli temir yo`l chiptalarini qayta rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish choralari ko`rilmoqda'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan qo`shimcha kassa terminallari tashkil etilib, talaba -o`quvchilarga xizmat ko`rsatish uchun qo`shimcha ishchi-xodimlar jarayonlarga jalb etildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunda Respublika bo`yicha umumiy 34 ta temir yo`l vokzallari mavjud bo`lib,  7 yanvar holatiga ushbu vokzallarda 138 ta kassa terminallari va 276 ishchi-xodim talaba-o`quvchilarning chiptalarini qayta rasmiylashtirish uchun jalb qilindi.

7 yanvar kuni davomida jami 9410 ta talaba-o`quvchining chegirmali chiptalari tizimga (ASU-EKSPRESS) qaytarilgan.  Sutka davomida 8487 ta temir yo`l chiptasi talaba-o`quvchilarga qayta imtiyozli chiptalar rasmiylashtirildi.

Jumladan:

  • Toshkent viloyati bo`yicha 271 ta;
  • Toshkent shaHri bo`yicha 56 ta;
  • Farg`ona vodiysi bo`yicha 1250 ta;  
  • Samarqand viloyati bo`yicha 410 ta;  
  • Buxoro va Navoiy viloyatlari bo`yicha 1435 ta;  
  • Qashqadaryo viloyati bo`yicha 814 ta;
  • Surxondaryo viloyati bo`yicha 935 ta;  
  • Xorazm viloyati bo`yicha 1893;  
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha 1423 ta.

8 yanvar holatiga joylarda 145 ta (qo`shimcha 7 ta) kassa terminallari ishga tushurildi va talaba-o`quvchilarga xizmat ko`rsatish uchun 350 nafar (qo`shimcha 74) ishchi-xodim jalb qilindi.

    Boshqa yangiliklar