AsosiySport

2022 yilda “Barkamol avlod”da nechta sport musobaqasi o`tkaziladi?

'2022 yilda “Barkamol avlod”da nechta sport musobaqasi o`tkaziladi?'ning rasmi

Butun respublikamiz bo`ylab akademik lisey va professional ta`lim muassasalari o`quvchi-yoshlarini jismonan etuk va axloqiy barkamol inson sifatida tarbiyalash, ularning darsdan tashqari bo`sh vaqtlarini to`g`ri va mazmunli tashkil etish hamda ularda sog`lom turmush tarzini shakllantirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Barkamol avlod” sport musobaqalari muntazam ravishda o`tkazib kelinadi.

2021 yilning ikkinchi yarmida ham ushbu sport festivalining hududiy bosqichlari o`tkazilib, yil yakuni arafasida final bosqichi musobaqalariga start berilgan edi.

Dekabr oyining o`zidayoq o`quvchi yoshlar o`rtasida final bosqichidan o`rin olgan 3 ta musobaqa tashkil etildi. Dastlab, Nukusda dzyudo bahslari o`tkazilgan bo`lsa, keyinchalik sportchi yoshlar engil atletika bo`yicha Jizzaxda va kurash bo`yicha Buxoroda o`zaro bellashishdi.

2022 yilning yanvar oyida ham “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika bosqichidan o`rin olgan 3 ta musobaqa bo`lib o`tadi. Ushbu oyda ko`hna Samarqand badminton bo`yicha, Toshkent viloyati belbog`li kurash bo`yicha, Sirdaryo viloyati esa shaxmat va shashka musobaqalarini o`zida qabul qiladi.

Eslatib o`tamiz, 12 ta sport turidan o`tkaziluvchi “Barkamol avlod” sport o`yinlarining respublika final bosqichi yakunida 14 ta hududning har bir musobaqa davomida to`plagan ochkolari hisobiga ko`ra umumjamoa hisobida g`oliblikni qo`lga kiritgan hudud aniqlanadi.

2 ta sport turidan o`tkaziluvchi “Barkamol avlod-2021” sport o`yinlarining respublika final bosqichi yakunida 14 ta hududning har bir musobaqa davomida to`plagan ochkolari hisobiga ko`ra umumjamoa hisobida g`oliblikni qo`lga kiritgan hudud aniqlanadi.

Hozircha yakuniy jadvalni buxorolik sportchilar 41 ochko bilan boshqarib turishibdi.

Boshqa yangiliklar