AsosiyJamiyat

Buxoroda 123-maxsus maktab-internati sobiq direktorining ishga tiklanishi jamoada e`tirozlarga sabab bo`ldi. Nega?

'Buxoroda 123-maxsus maktab-internati sobiq direktorining ishga tiklanishi jamoada e`tirozlarga sabab bo`ldi. Nega?'ning rasmi

 7 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro shahridagi 123-maxsus maktab-internati sobiq direktorining ishga tiklanishi jamoada e`tirozlarga sabab bo`lganligi haqidagi xabarlar tarqatildi. 

Ushbu holat bo`yicha viloyat xalq ta`limi boshqarmasi qo`yidagilarni ma`lum qildi:

Eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ushbu internatning sobiq rahbari H. S.   2017 yildan  2021 yilning 7 oktyabriga qadar muassasada direktorlik lavozimida faoliyat yuritgan.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasining 2021 yil 7 oktyabrdagi taqdimnomasiga asosan H.S. viloyat xalq ta`limi boshqarmasi buyrug`i bilan lavozimidan ozod qilingan.

H.S. lavozimidan ozod qilingach, Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudiga murojaat qilgan.  Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 2021 yil

23 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan H.S o`z lavozimiga qayta tiklangan.

Joriy yilning 7 yanvar kuni Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasining mas`ul xodimi hamda sud qarorlari ijrosini ta`minlash departamenti vakili  sobiq direktorni o`z lavozimiga qayta tiklanganligini ma`lum qilish uchun borishganida, muassasaning ayrim pedagog-tarbiyachilari tomonidan bunga e`tiroz bildirilgan va holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan.

 Xalq ta`limi boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida vaziyat bartaraf etilib, ayni paytda H. S. direktor o`z faoliyatini davom ettirmoqda. 

    Boshqa yangiliklar