AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda

'Toshkent metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda'ning rasmi

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo`lovchilar oqimi ko`p bo`lgani sabab 2022 yilda yana 14 ta harakat tarkibi harid qilinishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, ma`lum qilinisho`icha, Tokio metropolitenida 300 ga yaqin metro bekatlari mavjud bo`lib, umumiy uzunligi esa 300 kmdan ortiq. Tokio metrosidan foydalanuvchi yo`lovchilar bir manzildan boshqa bir manzilga borishi uchun o`rta hisobda 2-3 soat davomida metro xizmatidan foydalanishadi.Shu sababdan Tokio metropolitenida ona va bola xonasi, hojatxona mavjud. Shuningdek, dunyoning aksariyat metropolitenlarida hozirgi kunda hojatxona hamda ona va bola xonalari mavjud emas. Shu qatorda Toshkent metropolitenida ham xojatxona, ona va bola xonalari qurilmagan. Jumladan, yo`lovchilar eng uzoq manzilga o`rta hisobda 40-50 daqiqa atrofida etib borishadi. Biroq, shunga qaramay me`yoriy loyiha xujjatlariga o`zgartirishlar kiritilgan holatda “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda, agarda bu o`zini oqlasa boshqa bekatlarda ham amalda tadbiq etilishi ko`zda tutilgan. Yangi qurilayotgan metro bekatlarida esa yo`lovchilar uchun qator qulayliklar mavjud bo`lishi loyihalashtirilgan.

Bundan tashqari, er usti metro bekatlarida imkoniyati cheklangan yo`lovchilar foydalanishi mumkin bo`lgan liftlar o`rnatilgani ko`pchilikka ma`lum. Liftlardan asosan keksalar, homilador ayollar, yosh bolali va nogironligi bo`lgan shaxslar foydalanishi belgilangan. Bekatlardagi mavjud liftlar va eskalatorlarni bir maromda ishlashini tashkil qilish va nazorat o`rnatish borasida metropoliten xodimlari orasida doimiy navbatchilik yo`lga ko`yilgan. Hozirgi kunda barcha Er usti metro bekatlarida mavjud liftlar soz xolda ishlab, yuqorida ko`rsatilgan toifadagi yo`lovchilarga xech qanday cheklovlarsiz xizmat ko`rsatmoqda;

Ma`lumot uchun, 2022 yil 3 yanvar sanasidan boshlab «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan fuqarolar murojaatlari va takliflari uchun maxsus Telegram bot ishga tushdi.

    Boshqa yangiliklar