Uch kundirki qo`shni Qozog`istonda sodir bo`layotgan voqea-hodisalar butun dunyo diqqat markazida bo`lib turibdi. Darhaqiqat, O`zbekiston hukumati va xalqi ham qardosh mamlakatdagi vaziyatdan sergak tortdi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqning o`zbek segmentida Qozog`iston masalasi kun tartibiga chiqdi: munosabatlar berilmoqda, muhokamalar qilinmoqda.
Jumaladan, "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari, deputat Alisher Qodirov Qozog`istondagi tartibsizliklar - g`arazli siyosiy maqsadlariga erishish uchun ko`zini yummasdan zahmatkash xalqni qurbon qila oladigan pastkashlarning rejalari ekanligiga shubha yo`q, deya baholadi.
"Afsuski, bunday manfur rejalarga o`yinchoq bo`ladigan qaynoq boshlar doimo topiladi va odatda asl tashkilotchilar chetda qolib, shundaylar oyoq ostida xor bo`ladilar.
Yana bir bor isbotlangan haqiqat shuki, odamlarni o`ylantirayotgan, echimlari vaqt talab qiladigan og`ir muammolar talato`plar boshlanishi bilan unutiladi va yashirin maqsadlar oshkor bo`ladi.
Ishonchim komil, taraqqiyotning ajralmas sharti tinchlik va barqarorlik ekanligini qozoq qardoshlarimiz juda yahshi tushunadilar hamda bu sinovli kunlarni mustahkam iroda bilan engib o`tadilar", - deyiladi deputata tmulohazalrida.
"Odamlar kundalik tinch turmushiga qaytishini istaymiz", - deya qardosh xalq boshiga tashgan og`ir kunlar haqida o`z munosabatini qoldirdi deputat Kusherbaev.
"Qarindosh va do`st-u birodarlarim yashaydigan Qozog`istondagi voqealar ko`pchilik qatori meni va oilamizni ham havotirga solmoqda. Aloqa qilish imkoniyati cheklangani sababli halovatimiz yo`qolgan.
Shu kunlarda yana bir bor tinchlikning aslida qanday ne`matligi, oila bag`rida eson-omon turmush kechirish neligini o`ylab ko`rishga to`g`ri kelayapti, ko`p narsani tushunayapmiz.
Qozog`istondagi notinchlik tezroq bartaraf bo`lishi, odamlar o`zlarining kundalik tinch turmushiga qaytishini chin dildan istayapmiz. Ayniqsa, ayrim sodda va ishonuvchan insonlarni noma`lum kuchlarning «provoeasiyasi»ga uchib qolishi mumkinligi tashvishga solayapti.
Nima bo`lganda ham bo`layotgan ishlar tez kunlarda bartaraf bo`lib, tomonlar o`zaro muloqot asosida yagona maqsad-tinchlik yo`lida birlashib, mamlakat barqarorligini saqlab qolishlariga ishonamiz.
Fursatdan foydalanib, qozog`istonlik og`a-ini va opa-singillarimga mavjud vaziyatni bosiqlik va zakiylik bilan baxolab, zo`ravonliksiz, qat`iy iroda bilan engib chiqishlariga tilakdosh ekanligimizni bildirmoqchiman!
Tez kunlarda, omonlikda, yorug` yuz bilan ko`rishish nasib qilsin, deymiz", - deydi deputat.






