AsosiyDunyo

Qirg`iziston ham Qozog`istonga 150 nafar harbiy xizmatchi jo`natmoqchi

'Qirg`iziston ham Qozog`istonga 150 nafar harbiy xizmatchi jo`natmoqchi'ning rasmi

Qirg`iziston KXShT tinchlikparvar missiyasi doirasida Qozog`istonga 150 nafar harbiy xizmatchi va bir necha harbiy texnika jo`natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni Respublika Vazirlar Mahkamasi rahbari o`rinbosari Qamchibek Toshiev ma`lum qildi. 

“Biz Qozog`istonga 150 nafar harbiy xizmatchi va 19 ta harbiy va avtomobil texnikasini jo`natamiz”, degan u. 

“Kantdagi (Chuy viloyati) harbiy aerodromida allaqachon ikkita samolyot bor, harbiylar tegishli qaror qabul qilinishini kutishmoqda”, degan vazir. 

Qirg`iziston qonunchiligiga muvofiq, Respublika harbiy xizmatchilarini xorijga jo`natish masalasi parlament tomonidan ko`rib chiqiladi, shundan so`ng deputatlar qarori davlat rahbari tomonidan imzolanishi kerak. 

Qonun chiqaruvchi organ bu masalani kecha, 6 yanvar kuni ko`rib chiqishni rejalashtirgan, biroq kvorum yo`qligi sababli navbatdan tashqari yig`ilish bugunga ko`chirilgan. 

Ma`lumot o`rnida, KXShT tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston kiradi. 

    Boshqa yangiliklar