Kecha yurtimizda 250 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 9 kundan so`ng ilk o`lim holati qayd etildi.
2022 yil 6 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199758 (+251) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 9 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 36 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Farg`ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 11 nafar,
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Jizzax viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg`ona viloyatida 1 nafar,
- Xorazm viloyatida 11 nafar,
- Toshkent viloyatida 13 nafar,
- Toshkent shahrida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 196851 (+93) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1488 nafarni tashkil qildi.






