2021 yil 31 dekabr kuni Urgut tumanida joylashgan “Dehqonobod dehqon bozori” yaqinida 1992 yilda tug`ilgan fuqaro B.X. qo`shnisini oldindan o`rtalarida bo`lgan kelishmovchilik sababli qo`lida bo`lgan temir bolta bilan uning bosh va bo`yin sohasiga ikki marotaba urib, qasddan o`ldirishga suiqasd qilgan. Bu haqda Bosh prokurorining matbuot kotibi xabar berdi.
Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, jabrlanuvchi 3 yanvar kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Xabarga ko`ra, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.






