Pandemiya sharoitiga qaramasdan turizm biznesi 2021 yilning o`tgan davri mobaynida 78 ta yangi katta-kichik mehmonxonalar (724 ta xona, 1919 ta o`rin) ishga tushishi hisobiga ularning umumy soni 415 taga (4463 ta xona, 10323 ta o`rin) etdi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bunda, yirik mehmonxonalar 163 taga (3320 ta xona, 6974 ta o`rin), oilaviy mehmon uylari 197 taga (682 ta xona, 1837 ta o`rin), hostellar 52 taga (429 ta xona, 1456 ta o`rin)va motellar 1(29 ta xona, 51 ta o`rin) taga etkazildi.
Shu kabi turoperatorlar (121 ta (2 ta yangi), gid-ekskursovodlar (252 ta (41 nafar yangi), sayyohlar uchun restoranlar (90 tani (3 ta yangi), turistik avtobus va mikroavtobuslar (281 ta), turizm yo`l ko`rsatkichlari (128 tani (5 ta yangi)ni, turizm axborot markazlari (26 ta (5 ta yangi) ham sezilarli darajada ko`paymoqda.
2021 yilda Buxoroga kelgan sayyohlar soni 2,2 mln nafarga etib, bunda, xorijiy turistlar soni 48,9 ming nafardan oshgani kuzatildi. Bu ko`rsatkich 2020 yilga nisbatan ichki turizmda qariyb 8 baravarga, xorijiy sayohlar soniga nisbatan 3,5 baravarga ortdi.
Ma`lumot uchun, viloyatdagi 30 ta (Buxoro shahridan 25 ta) tadbirkorlik subektlariga berilgan 79,4 mlrd so`m kredit mablag`larining 18,6 mlrd so`mi to`lov muddati PF-6002 Farmonga asosan, 6 oydan 2 yilgacha prolongasiya qilindi.
78 ta tadbirkorliklarga 1,2 mlrd.so`mlik soliq imtiyozlari berildi, 27 ta tadbirkorga (shundan: 3 ta turoperatorga 41 mln so`mlik 24 ta mehmonxonaga 1 mlrd 604 mln so`m) 1,6 mlrd.so`mlik ssudalar ajratildi, yangi turizm yo`nalishlarini o`zlashtirish va amaliyotda joriy etish maqsadida 2 ta sayyohlik tashkilotlari va 5 ta gid-ekskursovodlarga jami 35 mln.so`m grantlar ajratildi).
Xorijiy aviakompaniyalar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, Buxoro xalqaro aeroportiga mahalliy va to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlardan tashqari Rossiya, Evropa, Turkiya, Qozog`iston kabi mamlakatlardan jami 871 ta charter reyslari amalga oshirildi.
Tahlillarimiz bo`yicha, turizm xizmatlari hisobiga viloyat iqtisodiga jami 478,9 mlrd. so`m (shundan xorijiy sayyohlardan 79,9 mlrd. so`m) tushum jalb qilindi.
Bu raqam 2020 yilga nisbatan 4,5 baravarga oshib, turizm tarmog`ida 500 nafarga yaqin yangi ish o`rinlari yaratildi.






