17 yoshli Inomjon Ismatov qidirilmoqda. Bu haqda "darakchi.uz"ga Inomjonning yaqinlari uning topilishida ko`mak so`rab murojaat qilishdi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Iskandar qo`rg`oni, Naqshbandiy ko`chasi, 124-xonadonda istiqomat qiluvchi 17 yoshli Inomjon shu yilning 3 yanvar kuni ertalab soat 10:00da chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Ko`rgan-bilganlardan aloqaga chiqishlari so`raladi.
Aloqa uchun telefon raqamlari: +99897-333-75-10, +99893-106-77-11.






