Oqtov xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi munosabati bilan, 2021 yil 5 yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-9725/9726 Urganch – Oqtov – Urganch yo`nalishi bo`yicha muntazam qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu yo`nalish bo`yicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qo`shimcha ma`lumot keyinroq taqdim etiladi.
"Yo`lovchilar 5 yanvar kuniga Oqtovga bekor bo`lgan parvozlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar",–deyiladi xabarda.






