Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi, unda suyultirilgan gaz narxining oshishi munosabati bilan norozilik vaziyatining yuzaga kelishiga yo`l qo`ygan mas`ullar nomini ochiqladi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Qosim-Jomart To`qaev mamlakatdagi rivojlanayotgan og`ir ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqida gapirar ekan, hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaigaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybdor deb topdi.
Xabarda aytilishicha, davlat rahbari favqulodda holat joriy etilganidan keyin Olmaota va Mang`istau viloyatidagi vaziyat bosqichma-bosqich tuzatilayotganini ta`kidladi. Vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha barcha vakolatlar berilgani, asosiy yuk Ichki ishlar vazirligi, SOBR va Milliy gvardiya zimmasiga yuklanganini, ular o`z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarayotganini ta`kidladi.
Eslatib o`tamiz: avvlroq, Qozog`iston prezidenti hukumatni iste`foga chiqargani haqida xabar bergan edik.






