AsosiyDunyo

Qozog`iston prezidenti hukumat iste`foga chiqardi

'Qozog`iston prezidenti hukumat iste`foga chiqardi'ning rasmi

Davlat rahbari Qozog`iston Respublikasi hukumati to`g`risidagi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda "Kazinform" nashri matbuot xizmatiga tayanib.

Qaror bilan Qozog`iston Respublikasi Hukumatining iste`fosi qabul qilindi.

Shuningdek, mamlakat Bosh vazirining vazifalari vaqtincha uning o`rinbosari,  Smailov Alixan Asxanovich zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, Qozog`iston Respublikasi Hukumati a`zolari hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmagunicha o`z vazifalarini bajarishda davom etishlari aytiladi.

Eslatib o`tamiz,  Qozog`istonda aholining suyultirilgan gaz narxi ko`tarilishiga qarshi noroziliklari bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar