AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...

'Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. "O`zgidromet" xabariga ko`ra, biroz tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12 ° iliq bo`ladi.

Poytaxtda ham yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-10° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda esa kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar