Bir muddat avval Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kenges Raisining onasi vafot etgani haqida xabar bergandik.
O`zbekiston rahbari matbuot kotibining ma`lum qilishicha, taniqli davlat arbobi Qallibek Kamalovning rafiqasi, Qoraqalpog`iston Jo`g`org`i Kengesi Raisi Murat Kamalovning onasi Lyubov Kamalova vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoev marhumaning oila a`zolari va yaqinlariga telefon orqali ta`ziya bildirdi hamda hamdardlik maktubi yo`lladi.
"Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston musulmonlari idorasi, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda qoraqalpog`istonlik faollar bilan birgalikda Nukus shahrida Kamalovlar xonadonida bo`lib, Lyubov ayaning oilasi va yaqinlariga ta`ziya bildirdik, Prezidentimiz va xalqimizning hamdardlik so`zlarini etkazdik",-deya xabardor qilinadi.
Qayd etilishicha, Qur`on ham tilovat etilib, marhumaning haqiga duo qilindi.






