Shvesiya hukumati koronavirusga qarshi emlash uchun aholiga alohida pasport joriy etilishini ma`lum qildi. Bu haqda kommersant xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat 1 dekabrdan boshlab koronavirus vaksinasi uchun raqamli pasportlar joriy etiladi. Hujjat fuqarolarga 100dan ortiq kishi tashrif buyuradigan ommaviy tadbirlarga – konsertlar, sport va boshqa tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
“Biz tezroq pandemiyani tugashini istaymiz. Bu kabi qarorlar bilan unga barham bermoqchimiz. Qishda kasallik yanada avj olishi xavfi mavjud”, - dedi mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Lena Hallengren.
Ma`lumot uchun, Shvesiyada 16 yoshdan oshgan fuqarolarning 85,3 foizi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan bo`lsa, katta yoshdagilarning 81,7 foizi to`liq emlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakattda 15 107 kishi koronavirusdan vafot etgan.






