AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan chegirmalar joriy qilindi

'O`zbekistonda “Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan chegirmalar joriy qilindi'ning rasmi

Noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e`lon qilinishi munosabati bilan O`zbekistonda mehmonxona va  umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi. 

Mamlakat bo`ylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini rag`batlantirish maqsadida noyabr oyi “Keksalar turizm oyligi” deya e`lon qilingan.

Keksalar oyligini munosib o`tkazish, ularning dam olishlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Respublikadagi 223 ta joylashtirish vositasi (mehmonxonalar va mehmon uylari) xizmatlari uchun - 50 foizgacha, 204 ta umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 1-30 noyabr kunlari Respublika ichidagi aviaqatnovlarda 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori bo`lgan ayollar uchun ekonom va biznes toifalarining (LPR3M, UPR3M, SPR3M, OPR3M tashqari) joriy narxlarga 25 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan.

Bundan tashqari, noyabr oyida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan mamlakat ichidagi amaldagi tariflarga 10 foiz miqdorda hamda “Uzautotrans Service” MChJ tomonidan mahalliy yo`nalishlarda qatnovchi avtobus chipta narxlariga 10 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar amal qiladi.

Shu bilan birga, keksalarni ziyoratgoh va madaniy meros obektlariga kirish uchun O`zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 6 ta ziyoratgohga nafaqa va keksa yoshdagi fuqarolar uchun 50 foiz miqdorida chegirmalar belgilangan.

Madaniy meros agentligi tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi 24 ta madaniy meros obektlariga kirish uchun 20 foiz miqdorda chegirmalar joriy etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar