Qozog`iston Respublikasida “Qalqon-2021” o`zbek-qozoq o`quvlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma`lum qilmoqda.
Jambul viloyatining “Gvardeyskiy” o`quv markazi hamda “Matibuloq” dala o`quv maydonida o`tkazilishi rejalashtirilgan mashg`ulotlarning ochilish marosimi bo`lib o`tgan. Shundan so`ng ishtirokchilarga qurol-aslahalar biriktirilib, barcha harbiy xizmatchilar hududdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Ta`kidlash kerakki, “Qalqon-2021” o`zbek-qozoq o`quvlari dastlab 2019-yili yurtimizda o`tkazilib, harbiy hamkorlikka mustahkam asos qo`yilgan.
Boshqaruv organlari jipsligini ta`minlash, bo`linmalarning guruh tarkibida va shaxsiy bilim, ko`nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladigan o`quv mashg`ulotlari hafta oxiriga qadar davom etadi.






