Rossiya Federasiyasining "Konsern Titan-2" kompaniyasi Kaliningrad viloyatida qurilish sohasida (kamenshik, krovelshik, montajniki, armaturshik, betonshik, podsobny rabochiy, slesar santexnik, elektrogazosvarshik, oblisovshik-plitochnik, shtukatur, malyar, dorojny rabochiy) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar o`rtasida tanlov o`tkazadi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Tanlovdan o`tgan fuqarolarni ishga jalb qilish bilan bog`liq, jumladan, tibbiy ko`rikdan o`tkazish, emlash, patent rasmiylashtirish, transport, yashash xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko`zda tutilmoqda.
Fuqarolar tanlovga fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportlari bilan kelishlari so`raladi.
Nomzodlar uchun talablar:
23 yoshdan;
sudlanmagan bo`lishi;
mutaxassisligi bo`yicha malaka sertifikati va kamida 3 yillik ish tajribasi;
O`zbekistondan chiqishga va Rossiyaga kirishga ta`qiq qo`yilmagan bo`lishi.
Oylik maosh o`rtacha 35 ming - 80 ming rubl (ish hajmi va grafigiga bog`liq).
Ishlash istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.






