AsosiyJamiyat

Surxondaryoda uy olib beraman deb tanishining pullarini olgan fuqaro firibgar bo`lib chiqdi

'Surxondaryoda uy olib beraman deb tanishining pullarini olgan fuqaro firibgar bo`lib chiqdi'ning rasmi

16 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahri “Guliston” mahallasida yashovchi, D.Zulayho shahar IIBga firibgarlik ishi yuzasidan  ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

 Fuqaro o`z arizasida 17 avgust kuni tanishi Sariosiyo tumanida yashovchi, A.Aliyor, unga “Termiz shahrida qurilayotgan ko`p qavatli uylardan uy-joy olib berishini” va`da qilib, shaharning “Guliston” mahallasi hududida undan 1.700 AQSh dollari va 5.500.000 so`m pulini olganini bildirgan.

Arizaga ko`ra, fuqaro A.Aliyor bergan va`dasini bajarmasdan ushbu pullarni o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.  

16 oktyabr kuni A.Aliyorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar