AsosiyJamiyat

O`zbekistonda COVID'dan kasallanish ko`rsatkichi pasaydi: 280 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi, pnevmoniya qayd etilmadi

'O`zbekistonda COVID'dan kasallanish ko`rsatkichi pasaydi:  280 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi, pnevmoniya qayd etilmadi'ning rasmi

Noyabr oyining ilk kunida  COVID'dan kasallanishlar soni yana pasaydi. Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanaevning ma`lum qilishicha,  1 noyabr holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 186521 (+277) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 13 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 9 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 20 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 62 nafari Toshkent viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1327 nafarni tashkil qildi.

SSV Mamlakatda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan  hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishni va bu orqali boshqalarning salomatligini asrashni so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar