AQShning Aydaxo shtati Boise shahridagi savdo markazida yuz bergan otishmada kamida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda mamlakat mahalliy polisiya bo`limiga tayanib Tass xabar berdi .
"Ayni paytda bizda kamida olti kishi jarohatlangani haqida ma`lumotlar bor”, deydi polisiya vakili shuningdek ular orasida bir nafar huquq tartibot xodimi ham borligini ta`kidlab. "Afsuski, ikki kishi halok bo`ldi", – deydi u.
Ma`lumotga ko`ra, otishmada gumonlanuvchi qo`lga olindi. Polisiya vakilining ta`kidlashicha, huquq-tartibot idoralari xodimlarida uning sheriklari borligiga ishonish uchun asos yo`q.
Voqea yuzasidan hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






