AsosiySport

Bokschilarimiz jahon chempionatini g`alaba bilan boshlashdi

'Bokschilarimiz jahon chempionatini g`alaba bilan boshlashdi'ning rasmi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo`yicha jahon chempionati start oldi. Musobaqada hamyurtlarimiz orasida birinchi bo`lib bahsga kirishgan Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev (-67 kg) dastlabki bahsni ishonchli o`tkazdi.

Irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi ringga ko`tarilgan farg`onalik bokschimiz jang davomida to`liq ustunligini namoyish etdi. Yakunda bu hakamlarning qarorida ham aks etib, Mo`ydinxo`jaevning 5:0 hisobidagi g`alabasi e`lon qilindi. Hamyurtimiz keyingi bosqichda falastinlik Xararaga qarshi bahs olib boradi.

    Boshqa yangiliklar