22 oktyabr kuni Xalqaro media-xollda “Saylov – 2021” tanlovining oxirgi bosqich g`oliblarini aniqlash va ularni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Ma`lumot uchun, 21 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, MSK Matbuot markazi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Xalqaro press-klub hamda “UzReport” TV telekanali hamkorligida “Saylov – 2021” videoroliklar tanlovi e`lon qilingan edi.
Ushbu tanov g`oliblari mahsus diplom va hamda turli miqdordagi pul mablag`lari bilan taqdirlandi:
1-o`rin uchun – 20 mln so`m;
2-o`rin uchun – 15 mln so`m;
3-o`rin uchun – 10 mln so`m.
Asosiy nominasiyalar bo`yicha g`oliblar:
"Eng yaxshi informasion rolik"
1 – o`rin Elyor To`laganov
2 – o`rin Ilhomjon Haydarov
3 – o`rin Ziyovuddin Azizullaev
"Eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik"
1 – o`rin Mahliyo Asqaralieva
2 – o`rin Orifjon Sobirov
3 – o`rin Dilshod Ibragimov
"Eng yaxshi animasion rolik"
1 – o`rin Zafarbek Eminov
2 – o`rin Kozim Islomov
3 – o`rin Nargiza Yunusova
"Muxlislar e`tirofi" nominasiyasi bo`yicha
1 – o`rin Ma`murjon Ergashev
2 – o`rin Dilshoda Shermuhammaedova
3 – o`rin Ravshan Nurnazarov
Taqdirlash marosimidan so`ng qatnashchilar uchun konsert dasturi namoyish qilindi.






