AsosiyJinoyat

Navoiyda 12 qop tilla toshlar bilan qo`lga tushgan fuqaro javobgarlikdan qutilish uchun IIB xodimiga 300 dollar taklif qildi

'Navoiyda 12 qop tilla toshlar bilan qo`lga tushgan fuqaro javobgarlikdan qutilish uchun IIB xodimiga 300 dollar taklif qildi'ning rasmi

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, asli uchquduqlik fuqaro M.B ko`p bora ogohlantirilishiga qaramasdan qonunga zid ravishda tarkibida tilla zarrachalari bo`lgan tosh qumlarni qazish faoliyati bilan shug`ullangan.

 Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, mazkur fuqaroning noqonuniy qilmishi Zarafshon shahar Ichki ishlar bo`limi Jinoyat qidiruv bo`limi xodimlari hamda Yo`l harakati xavfsizligi bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida fosh etilgan. 

Zarafshon shahar yo`l patrul xizmati maskanida fuqaro M.B boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashina to`xtatilib tekshirilganda 12 dona qopga solingan tarkibida tilla zarrachalari bo`lgan toshlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan. 

Fuqaro M.B qilgan ishi qonunga xilof harakat ekanligini bila turib, o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan ikkinchi jinoiy harakatlarini boshladi. Xalqimizda bukrini go`r tuzatar degan gap bekorga aytilmagan. Endi fuqaro M.B o`z aybini xaspo`shlash hamda toshlarni qayta qo`lga kiritish maqsadida Zarafshon shahar Ichki ishlar bo`limi JQB xodimiga 300 AQSh dollari evaziga to`plangan hujjatlarni yo`q qilish, sudga chiqarmaslik hamda unga qonuniy chora ko`rmaslikni taklif qilgan. Tezkor xodim tomonidan fuqaroning bu harakati qonunga zid ekanligi bir necha bor aytilishiga qaramasdan fuqaro tomonidan pora taklif etiladi. 

Shundan so`ng tezkor xodimning arizasiga ko`ra o`tkazilgan tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari tomonidan fuqaro M.B jinoyat qidiruv xodimiga 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar