AsosiyJinoyat

Marg`ilonda fuqaro “auksion” dan arzon er olaman deb millionlarga "chuv" tushdi

'Marg`ilonda fuqaro “auksion” dan arzon er olaman deb millionlarga "chuv" tushdi'ning rasmi

Marg`ilon shahrida18 oktyabr kuni fuqaro D.N M.A.ni ishonchiga kirib, “Auksion” savdosidan arzon er maydoni olib berishini aytib, 60.000.000 so`m pullarini olib, va`dasini bajarmay o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. 

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
 

    Boshqa yangiliklar