AsosiyJamiyat

Akmal Burxonov: "Men hokimlarning yonini olmoqchi emasman, ammo..."

'Akmal Burxonov: "Men hokimlarning yonini olmoqchi emasman, ammo..."'ning rasmi

O`zEOAVMAning Xalqaro media xollida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O`zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusidagi davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi hokimlar haqida gapirdi.

— Amaldorlar, davlat xizmatchilari ayniqsa hokimlarga nisbatan korrupsioner deb qarash tez-tez uchrab turadi. Men hokimlarning yonini olmoqchi emasman. Korrupsion jinoyatlarning statistikasini oladigan bo`lsak, hokimliklarda ham bunday jinoyatlar bo`lishi mumkin, ammo bu hamma korrupsion holatlar hokimliklar tomonidan amalga oshirilyapti, degani emas.  

Jurnalistlar va blogerlardan ularga nisbatan asossiz tamg`alar qo`yishda ehtiyot bo`lishlarini so`rardim. Chunki bu ham qonuniy, ham insonparvarlik jihatlariga to`g`ri kelmaydi,- dedi Akmal Burxonov.

    Boshqa yangiliklar