2021 yil 5 iyul kuni soat 19:00 larda, To`raqo`rg`on-Kalvak-Buramatut yo`lining 7 km.da, Kalvak MFY hududida, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, yo`lni o`ng tomonida ketayotgan piyoda, To`raqo`rg`on tumanida yashagan, 1964 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 iyul kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






