AsosiyJamiyat

Asakadagi korxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi

'Asakadagi korxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

2019 yilning 5 noyabr kuni soat 02:23 da Andijon viloyati Asaka tumani Ulug`bek MFY Saxiylik ko`chasida joylashgan “UzDongVongKo” qo`shma korxonasida yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 3 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 02:29 da o`rab olinib, 02:37 da bartaraf etilgan. Yong`indan korxonaning 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`in oqibatida korxonaning ovqat tayyorlash xonasi 20 kv.metr maydonda yonib zararlangan. Yong`inni taxminiy sababi, qozonda yog`ni dog`lash uchun qo`yib, nazoratsiz qoldirilishi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar