AsosiyJamiyat

Andijon va Sirdaryo viloyatlari IIB xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda

'Andijon va Sirdaryo viloyatlari IIB xodimlarining malakasini oshirishga  qaratilgan sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hamda 2018 yil 23 avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorlari bugungi kunda soha xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim dasturilamal hujjat bo`lib xizmat qilmoqda.

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagitumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`lim (bo`linma)lar boshliqlari, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo`limlari tezkor vakillari, yo`l harakati xavfsizligi xizmati ofiserlar tarkibi uchunmalaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda. 

O`quv yig`inlarida Davlatimiz Rahbari tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid belgilab berilgan dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, xalq manfaatlariga xizmat qilish – ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy mezoni ekanligi, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o`rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish tizimining zarurati va ahamiyati tushuntirilmoqda.  

– Mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, xalqchil tuzilmaga aylantirish, “Jinoyat haqiqati va adolati”, “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan tamoyillarni amalda qaror toptirish soha xodimlarining bilim va ko`nikmalarini oshirish bilan uzviy bog`liq, – deydi Sirdaryo viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori, podpolkovnik Ismat Betanov.–Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Sirdaryo viloyatida o`tkazilayotgan besh kunlik sayyor o`quv yig`inlarida sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, hududlarda shakllangan ijobiy tajribalar bilan yaqindan tanishyapmiz. Endilikdagi asosiy vazifamiz olgan bilimlarimizni kundalik faoliyatimizga tadbiq etish hisoblanadi. 

– Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda “hududlar tajribasi”, xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ijobiy tajribalarni tushuntirishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda, – deydi Andijon viloyati Buloqboshi tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili, mayor Avazbek Ismoilov. – Bundan tashqari, terrorrizm tushunchasi va mohiyati, uning ekstremizm bilan aloqadorligi hamda unga qarshi kurashish, missionerlik va prozelitizmning uslub-vositalari hamda mintaqaviy xususiyatlari, noislomiy diniy tashkilotlarning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashish kabi mavzular bo`yicha ham mashg`ulotlar o`tkazilmoqda.

O`quv yig`iniga jalb qilingan xodimlarga joydagi ichki ishlar organlarida xizmatni to`g`ri tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning echimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda. 

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, mahallalarda targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

 

    Boshqa yangiliklar