AsosiyJamiyat

Nogironligi bo`lganlarga musiqa va san`at maktablarida o`qish uchun imtiyoz bormi?

'Nogironligi bo`lganlarga musiqa  va  san`at  maktablarida o`qish uchun imtiyoz bormi?'ning rasmi

— II guruh nogironiman. 3 nafar farzandim bor, ulardan 2 nafari san`atga qiziqadi. Biroq ularning orzularini amalga oshirolmayman, to`lovlari bor. Nogironligi bo`lganlarga biror imtiyoz yoki chegirmalar bormi?

Lutfiya Jamilova, Kitob tumani

 

Ozodbek NAZARBEKOV, Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari:

— Madaniyat vazirligi tasarrufidagi bolalar musiqa va san`at maktablarida o`qish to`lov asosida amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasining 2001  yil  31 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2002 yilgi asosiy mak­ roiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida”gi 490­sonli qaroriga asosan belgilangan. Shuningdek, Xalq ta`limi vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008 yil 31 dekabrdagi 46, 121­sonli qarori bilan “Ota­onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san`at maktablarida o`qishi uchun haq to`lash va undan foydalanish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomning 4­ bandida “O`qish uchun to`lovlardan ozod qilish tartibi”da bolalar musiqa va san`at maktablarida o`quvchilar umumiy sonining 25 foizi doirasida bolalarning quyidagi toifalari to`lovdan ozod etilishi belgilangan:

musiqa va san`at yo`nalishlari bo`yicha xalqaro (1-3-o`rinlar) va respublika (1-o`rin) tanlovlarida g`olib bo`lgan bolalar — bir kalendar yil mobaynida (g`olib deb e`lon qilingandan keyingi oydan boshlab 12 oy mobaynida). G`olib bo`lgan bolalarni bir kalendar yil mobaynida o`qitish uchun to`lovdan ozod etishga, ularning tanlovda g`olib bo`lganini tasdiqlovchi diplom asos bo`ladi.

Shu bilan birga,

► kam ta`minlangan oila farzandlari, to`liq davlat ta`minotida bo`lgan etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar;

► bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi bolalar musiqa va san`at maktablarida o`qisa, ulardan har birining o`qishi uchun belgilangan to`lovning 70 foizi miqdorida to`lov amalga oshiriladi.

Mazkur nizomda nogironligi bo`lgan bolalarni to`lovdan ozod etish nazarda tutilmagan. Bu borada bo`layotgan murojaatlar inobatga olinib, Nizom qayta ishlab chiqilmoqda. Unda nogiron bolalarning musiqa va san`at maktablarida o`qishi uchun to`lovlardan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar