2 noyabr kuni soat 23-00larda Samarqand shahar, Boyovut ko`chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o`rnatilgan suv issitish gaz "kolonka"sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Turmush o`rtog`i D.V. esa is gazidan o`tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fuqarolardan bunday ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va issitish moslamalaridan foydalanishda yong`in va xavfsizlik talablariga qa`tiy rioya qilishni so`raydi.






