AsosiyJamiyat

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berilmoqda

'Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berilmoqda'ning rasmi

She`riyat mulkining sultoni buyuk bobokalonlarimizdan bo`lgan hazrat Mir Alisher Navoiy bobomizning “Kimki bir ko`ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha bor kim ka`ba vayron bo`lsa obod aylagay” degan naqllari bejizga aytilmagan.

Darhaqiqat, insoniy fazilatlardan biri, bu ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan, kam ta`minlangan, nogiron, beva-bechora, qarovchisi yo`k bo`lgan keksalar hol-ahvolidan xabar olib turishdir. Majburiy ijro byurosining Nurota tuman bo`limi tomonidan kommunal to`lovlardan qarzdor, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan iste`molchilarni aniqlab, imkon darajada ularning mushkilini oson qilishga, xomiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmand oilalarning kommunal to`lovlardan qarzdorligini to`lashga ko`maklashishga undalmoqda.

Albatta, xuddi shunday ehtiyojmand oilalarga homiylik qilishni istab, yaxshilik izlagan, sahovatpesha, oliyjanob fuqarolarimiz oramizda yo`q emasligi ko`ngilni quvontiradi.

Nurota tumani, «Mirishkor» MFYda istqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo`qotgan fuqarolar G.Abduxakimovaning xonadonining tabiiy gazdan 624 ming 350 so`m hamda E.Maxmanazarovning xonadonining tabiiy gazdan 594 ming 294 so`mlik muddati o`tgan debitor qarzdorligi mavjudligi mahalladoshini befarq qoldirmadi. 

Ushbu fuqarolarning muddati o`tgan qarzdorligini ismi sir qolishi sharti bilan saxovatpesha mahalladoshlari tomonidan to`lab berildi.

Shu kabi, Nurota tumani, “Temirqovuq” MFY xududida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo`qotgan va oilasida mehnat layoqatiga ega bo`lmagan nogiron farzandi bo`lgan bir qancha fuqarolarning, jumladan ichimlik suvidan qarzdorligi bo`lgan U.Shakarov, A.Muhiddinova, D.Jabekbaev, B.Aldabergenov, D.Aslonov va V.Sharipovlarning jami 2 mln. 855 ming so`mlik debitor qarzini tuman MIB xodimlariga to`lab berdi. 

Har bir fuqaro-ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan oilalarni, qo`ni-qo`shnilarining ahvolidan xabardor bo`lishdek insoniy fazilatni o`zida uyg`ota bilsa nur ustiga a`lo nur bo`lar edi. 

    Boshqa yangiliklar