AsosiyJamiyat

Tashkent City'da rasmga olish taqiqlangani holatiga aniqlik kiritildi

'Tashkent City'da rasmga olish taqiqlangani holatiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

 

Bloger va jurnalist Nikita Makarenko Tashkent City’da xorijlik hamkasbi bilan tasvirga olish chog`ida xavfsizlik xizmati xodimlaritomonidan videokameradan foydalanish bo`yicha cheklov qo`yilgani, cheklovga bo`ysunmay tasvirga olishda davom etganligi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tanqidiy fikrlarni qoldirgan edi. Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

Unga ko`ra, «Tashkent City bog`ida foto va video kameralardan shaxsiy maqsadlarda (tijorat maqsadlari bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etilgan.

Agar taqiqlanganida, maxsus belgilar bilan cheklangan va xavfsizlik xizmati xodimlari hech qanday omilga qaramasdan kameradan foydalanishga yo`l qo`ymagan bo`lar edi.

Tashkent City bog`iga yuz minglab mehmonlar tashrif buyurayotgani va tasvirga olish imkoniyati bo`yicha shikoyat ilk bora tushayotganligini, qolaversa, yuqoridagi holatda direksiya vakillari shaxsan ishtirok etmaganligiga qaramasdan, Tashkent City direksiyasi o`z xodimlari va xizmatchilari bilan qo`shimcha yo`riqnoma o`tkazishini ma`lum qiladi.

Tashkent City direksiyasi OAV va turli tashkilotlar matbuot xizmatlariga hamisha ochiqligi va erkin ravishda foto va video tasvirlarni amalga oshirish, ma`lumotlar olish imkoniyatini keng ravishda yaratib berishini ta`kidlab o`tadi.

Boshqa yangiliklar