AsosiyJamiyat

Yunusobod tuman hokimining qurilish masalalari bo`yicha o`rinbosarining uyida 1,5 mln. AQSh dolari va Maldiva orollariga aviachipta aniqlanmagan

'Yunusobod tuman hokimining qurilish masalalari bo`yicha o`rinbosarining uyida 1,5 mln. AQSh dolari va Maldiva orollariga aviachipta aniqlanmagan'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek http://darakchi.uz/uz/77061  Bosh prokuratura tomonidan Yunusobod tuman hokimining qurilish masalalari bo`yicha o`rinbosari E.Zaxidovga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinovning xabariga ko`ra, ish hujjatlariga ko`ra, E.Zaxidov 10.10.2019 yil soat 21.00larda o`z xizmat xonasida fuqaro R.Mamatqulovdan pora tariqasida 5 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag`larini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Shu bilan birga, E.Zaxidovni xizmat xonasi ko`zdan kechirish jarayonida uning ish stoli tortmasidan 5 ming AQSh dollari hamda o`zining nomiga Toshkent-Istanbul yo`nalishi bo`yicha aviachipta “bron” qilinganligi tasdiqlovchi hujjat aniqlanib, bayonnoma asosida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan 11.10.2019 yilda E.Zaxidovga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlarini davom ettirish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. 

12.10.2019 yilda E.Zaxidov JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlangan.

E.Zaxidovni uyida 1,5 mln. AQSh dolari va Maldiva orollariga aviachipta aniqlanmagan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar