— Oilam bilan 1960 yildan buyon “Tosh-yop” shirkati hududida yashaymiz. Shu erda traktorchi bo`lib ishladim, keyin haydovchilik qilib yurganimda II guruh nogironi bo`lib qoldim. Daraxtlar o`tkazib bog` qilganmiz, shuni oldidan uy-joy qurish uchun 2000 yil er so`rab, Amudaryo hokimining birinchi o`rinbosariga ariza bergandim. Lekin arizam yo`qolgan. 2006 yil 25 avgustda yana ariza berdim. “Er beramiz”, deb hamma hujjatlarimni olib qolishdi. O`rinbosar 2006 yil 27 sentyabrda “K.Matmuratovga qaror bilan uy-joy qurish uchun uchastka olgan”, degan javob xati berdi. K.Matmuratovning olgan eriga men da`vo qilayotganim yo`q.
M.Qalandarov nomidan topshirilgan hujjat va arizaga ko`ra er so`rayapman. M.Qalandarovga deyilgan erni K.Matmuratov tumanimizda yashamaydigan og`aynisining nomiga rasmiylashtirib, sotishga to`g`rilagan. M.Qalandarov nomiga so`ralgan erni olishimizga yordam berishingizni so`rayman...
Urazbay Qalandarov, Mang`it shahri
J.EMBERGENOV,Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashiraisining o`rinbosari:
— O`rganib chiqish natijasida, Amudaryo tumani hokimining 2000 yil 6 iyundagi qaroriga asosan boshqa fuqarolar qatorida Mang`it shahri “Yangiobod” mahallasi Navbahor ko`chasi bosh tarh rejasi bo`yicha fuqarolar Sh.Matmuratov va K.Matmuratovga yakka tartibda turar joy qurilishlari uchun o`lchamlari 20x40 metr bo`lgan 0,08 ga er uchastkalari ajratilib berilgani;
►Biroq turar joy kvartalining joylashish sharoitiga qarab maydoni 0,08 ga. er uchastkasi 22x36 metr o`lchamda chegaralari belgilab berilgani hamda tuman hokimligi huzuridagi yakka tartibda uy-joy qurilishini muvofiqlashtiruvchi bo`limi tomonidan 2000 yil 9 avgustdagi qurilish rejalashtirish topshirig`i tayyorlab berilgani;
►Sh. Matmuratov er uchastkasiga turar joy qurgan hamda ushbu turar joyi Amudaryo tumani hokimining 2011 yil 23 sentyabrdagi qaroriga asosan foydalanishga qabul qilingan va nomiga biriktirilgani;
►Amudaryo tumani er tuzish va ko`chmas xizmatida davlat ro`yxatidan o`tkazilgani;
►K.M atm uratov er uchastkasiga turar joy qurish uchun poydevor qurgani;
►Hozirgi kunda Sh.Mat- muratov nomidagi turar joyda akasi K.Matmuratov oilasi bilan yashayotgani;
►U.Qalandarovning farzandi M.Qalandarov 2009 yilda Mag`it shahri (oldingi Navbahor) Va- tanparvar ko`chasidan kim oshdi savdosida qatnashib, turar joy qurish uchun may- doni 0,04 ga. bo`lgan 1-er uchastkasini sotib olgani;
►U.Qalandarovning o`g`li M.Qalandarovga tegishli bo`lgan ushbu er uchastkasining sharq tomo- nidan o`tgan “Sho`rchi yop”ning egri qisminio`z mablag`i hisobidan to`g`rilabko`chirish hisobiga qo`shimcha tomorqa uchun 0,04 ga. er maydoni ajratib berishni so`rab tumanhokimi birinchi o`rinbosari nomiga yozgani va unga Amudaryotumani hokimining 2009 yil 24 iyuldagi qaroriga asosan imorat qurish uchun 0,04 ga. qo`shimcha tomorqa uchun 0,04 ga. jami 0,08 ga. er uchastkasi ajratib berilganini ma`lum qilamiz.
Murojaatda ko`rsatilgan fuqaro U. Qalandarovning Beruniy tumanlararo fuqarolik sudi ajrimidan noroziligi masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudning yuqori turuvchi organlari tomonidan qayta ko`rib chiqish va qaror qabulqilishi mumkin.
Sadoqat ALLABERGANOVA






